14:57 / 05.11.2019
3 427

Rasman: Oʻzbekiston – Qirgʻiziston uchrashuvi namoyish etiladi

Rasman: Oʻzbekiston – Qirgʻiziston uchrashuvi namoyish etiladi
“Sport” telekanali 9-noyabr kungi Oʻzbekiston – Qirgʻiziston oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi jonli efirda namoyish etilishini rasman eʼlon qildi.

Oldinroq, terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov guruhdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni oʻyinimizni oʻrganmasligi va oʻrtoqlik uchrashuviga koʻproq muxlis kelishi uchun Qirgʻizistonga qarshi uchrashuv TV orqali translyatsiya qilinmasligi haqida maʼlum qilgandi.

Bugun esa matbuot anjumanida “Televideniye xohlasa, Qirgʻiziston bilan oʻyinni translyatsiya qilaversin” deya fikr bildirgandi. Oradan koʻp oʻtmay, “Sport” telekanali uchrashuv toʻgʻridan-toʻgʻri efirda namoyish etilishini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston - Qirgʻiziston oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 9-noyabr kuni soat 17:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Oʻzbekiston – Qirgʻiziston uchrashuvi namoyish etiladi