Bosh murabbiy Luis Enrike Messini xafa qilgani uchun “Barselona”dan haydab yuboriladi

  • 10 yanvar 2015, 21:39
  • 4 328
  • Sport
  • Bosh murabbiy Luis Enrike Messini xafa qilgani uchun “Barselona”dan haydab yuboriladi

    “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike 18 turda “Atletiko” bilan o‘tkaziladigan o‘yindan keyin, o‘z o‘rnini bo‘shatib qo‘yadi. Bu haqida Marca nashriga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
    8 yanvar kuni Ispaniya Kubogi doirasida “Barselona” “Elche”ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yindan keyin, Lionel Messi “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Jozep Bartomeu bilan uchrashuv o‘tkazgan hamda prezidentdan jamoa boshqaruvida o‘zgarishlar o‘tkazishni so‘ragan. U o‘zi bilan yomon munosabatda bo‘layotgan bosh murabbiy Luis Enrike va uning yordamchilari, shuningdek, jamoa shifokorlarini ishdan bo‘shatishni talab qilgan. Bosh murabbiy o‘rniga esa, jamoada muqaddam ishlab ketgan Frank Raykardni qaytarishni taklif qilgan.

    Bartomeu esa, bu mojaroli vaziyatda Messi tomonida turishini, Luis Enrike jamoadan bo‘shatilishi bo‘yicha aniq qarorga kelganini ma’lum qilgan.

    Demak, 11 yanvar oqshomida “Atletiko”ga qarshi o‘tadigan o‘yin Luis Enrikening “Barselona” murabbiyligidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

    Foto: vk.com / kun

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bosh murabbiy Luis Enrike Messini xafa qilgani uchun “Barselona”dan haydab yuboriladi