18:30 / 07.11.2019
2 597

Bravo YECHL tarixiga kirdi

Bravo YECHL tarixiga kirdi
“Manchester Siti” UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur “Atalanta”ga qarshi oʻyin oʻtkazdi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durrang bilan yakunlandi.

Ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tanaffusdan soʻng jarohat olgan darvozabon Edersonning oʻrniga Klaudio Bravoni maydonga tushirdi.

Chili terma jamoasi darvozaboni esa oʻyinning 81 daqiqasida xakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Bahsni himoyachi Kayl Uoker golkiper sifatida yakunlab qoʻydi.

TASS nashri xabariga koʻra, Klaudion Bravo bu natijasi bilan Chempionlar ligasi tarxida zahiradan maydonga tushib, qizil kartochka olgan ilk darvozabon boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bravo YECHL tarixiga kirdi