21:00 / 09.11.2019
2 044

Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati. Musobaqa taqvimida o‘zgarish

Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati. Musobaqa taqvimida o‘zgarish
Xabaringiz bor, ayni paytda boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Ulan-Bator shahrida bo‘lib turishibdi.

Avvalroq musobaqa 10 noyabr kuni boshlanishi haqida xabar qilgandik.
Biroq tashkilotchilar ma’lum sabablarga ko‘ra rejaga o‘zgartirish kiritishdi. Unga ko‘ra, bahslar 11 noyabr kuni boshlanadigan bo‘ldi.

Musobaqa taqvimi:
10 noyabr: Mandat komissiyasi
10 noyabr: Texnik miting
10 noyabr: Qur’a tashlash marosimi
11 noyabr: Ochilish marosimi
11 noyabr: Saralash janglari
12 noyabr: Saralash janglari
13 noyabr: Chorak finallar
14 noyabr: Chorak finallar
15 noyabr: Dam olish kuni
16 noyabr: Yarim finallar
17 noyabr: Finallar
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati. Musobaqa taqvimida o‘zgarish