19:33 / 09.11.2019
2 178

Aleksandr Krestinin: "So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda ishga bo‘lgan munosabat o‘zgardi"

Aleksandr Krestinin: "So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda ishga bo‘lgan munosabat o‘zgardi"
O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.
"O‘zbekistonni haqli g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Bizda yaxshi o‘yin ko‘rsatishga imkon bo‘lmadi. Yigitlar shunga qaramay harakat qilishdi. Bugungi bahs barcha uchun foydali bo‘ldi deb o‘ylayman.

Bugungi bahs navbatdagi uchrashuvlardan oldin menga ko‘plab ma’lumotlar berdi. Ular ustida ishlaymiz.
Vitaliy Lyuks borasida aniq bir narsa deya olmayman. Agar 3-daqiqada o‘zgarish qilingan bo‘lsa demak jiddiy. Umid qilamizki u Yaponiya va Tojikiston bilan bahsda maydonga tushadi.

So‘nggi yillarda futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabati o‘zgardi. Ancha professionallashdik deb o‘ylayman.
Shu o‘rinda bugun stadionga kelgan o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Barchasi yuqori saviyada tashkil etildi. Yana bir bor mehmondorchilik uchun rahmat", - deydi Krestinin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda ishga bo‘lgan munosabat o‘zgardi"