19:36 / 09.11.2019
2 942

Vadim Abramov: "Imkon bo‘lganida albatta Murtozayevni maydonga tushirardim"

Vadim Abramov: "Imkon bo‘lganida albatta Murtozayevni maydonga tushirardim"
O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ko‘plab futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik. Menimcha uchrashuv anchagina foydali bo‘ldi deb o‘ylaman.

Ko‘p hujum qilamiz, ammo himoyada ko‘p xato qilamiz? Har bir jamoa raqib imkon berganicha o‘ynaydi. Dunyoda ko‘p hujum qiladigan va umuman gol o‘tkazmaydigan jamoa bo‘lmasa kerak.

Murtozayevni nega tushirmadim? O‘yin paytida keyingi bahsda ishonch bildiradigan futbolchilarga imkon berishga qaror qildim. Dastlab buni rejalashtirayotgandim, ammo Xolmuhammedov biroz charchab qoldi va himoyachini almashtirishga majbur bo‘ldik. Afsuski bugun 6ta o‘zgarish qilish mumkin edi.

Xurshid G‘iyosov biroz charchab qoldi va uni almashtirshga qaror qildim. Menimcha to‘g‘ri qaror qabul qildik.

Olimpiya terma jamoasiga ham zarar qilmaslik uchun harakat qilayapmiz. Bu jamoa Dubayga xalqaro turnirga uchib ketmoqda. U jamoadagi futbolchilarga deyarli tegmadik", - deydi Vadim Abramov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Imkon bo‘lganida albatta Murtozayevni maydonga tushirardim"