Otabek Shukurov: "Nasib qilsa, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!"

  • 12 noyabr 2019, 22:53
  • 536
  • Sport
  • Otabek Shukurov: "Nasib qilsa, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!"
    Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    Terma jamoamiz tarkibida "Jar" stadionining zaxira maydonida shug‘ullanayotgan yarim himoyachisi Otabek Shukurov bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bildirib o‘tdi.

    - Oldimizda Saudiya Arabistoniga qarshi juda ham muhim o‘yin kutib turipti. Ushbu bahs ikki jamoa uchun ham juda muhim. Uchrashuvga jamoadagi barcha jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nasib qilsa, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

    Saudiya Arabistoni oxirgi jahon chempionatida ishtirok etgan. O‘zim arab davlatida faoliyat yuritayotganim uchun Suadiyani juda kuchli jamoa deb ko‘p eshitganman. Shuning uchun raqibni hozirgi kunda kuchsizlanib qolgan deb o‘ylamayman. Ular ham vaziyatni tushunib turishibdi. Oldinda muhim bellashuv kutmoqda. Shuning uchun yaxshi o‘yin bo‘ladi.

    Jamoadoshlarimning kayfiyati a’lo darajada. Hech qanday yo‘qotishlar yo‘q. O‘yinga barcha tayyor, - dedi Shukurov.
    Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga qarshi 14, Falastin bilan esa 19 noyabr kuni o‘yin o‘tkazamiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Otabek Shukurov: "Nasib qilsa, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!"