15:31 / 13.11.2019
3 023

«Rostov» moliyaviy muammo sabab Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkin

«Rostov» moliyaviy muammo sabab Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkin
«Rostov» klubida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan, klub qishki transfer oynasi vaqtida bir qator futbolchilarni sotuvga qo‘yishi mumkin, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri.

Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» jamoasi oktyabr va noyabr oylaridagi o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Klubdagi moliyaviy muammolarga barham berilmayapti. Klubning futbolchilar oldidagi oylik maoshlar va mukofot pullari bo‘yicha qarzdorlik holati 3 oyga yetgan. Bu ham jamoaning natijalariga salbiy ta’sir o‘tkazmay qo‘ymaydi.

«Klub rahbariyati moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun homiylar va Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning vaziyatga aralashuvini kutmoqda. Ushbu masala yaqin orada bartaraf etilmasa, klub Dmitriy Chistyakov, Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeremenko, Aleksey Ionov va to‘purar Eldor Shomurodovni qishki transfer oynasida transferga qo‘yishi mumkin. Shuningdek, klub bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham jamoani tark etishi mumkin» - deyiladi nashrdagi maqolada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» moliyaviy muammo sabab Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkin