"Rostov"da moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo‘ldi. Klub futbolchilarga 3 oylik maosh va mukofot pullarini to‘lamagan.
Rostov klubi yetarlicha homiylarga ega, ammo so‘nggi oylarda ular jamoaga yordam berishmayapti. "Rostov"ning ayni damdagi yagona "sponsori" klub prezidenti Artashes Arutyunyans bo‘lib turibdi.
Viloyat sport kuratori gubernator (hokim)ning birinchi o‘rinbosari Igor Guskov hisoblanadi va homiylar uning jamoaga bo‘lgan munosabatiga qarab ish qilishmoqchi. Bu vaziyatda klubga Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, klub qishda 6 nafar futbolchini sotishi mumkin. Ular: Dmitriy Chistyakov, Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeryomenko, Aleksey Ionov va Eldor Shomurodov.
Shu bilan birga qishda "Rostov"ni klub prezidenti Arutyunyans, bosh murabbiy Valeriy Karpin va sport direktori Aleksey Riskin tark etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?