19:34 / 14.11.2019
2 204

Yandeks.Dengi hamyonlarini to‘ldirish va identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi

Yandeks.Dengi hamyonlarini to‘ldirish va identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar endi internet tarmog‘i orqali Hamkorbank yordamida Yandeks.Dengi hamyonlarini to‘ldirishlari mumkin, shuningdek hamyonlarni ushbu bankning istalgan bo‘limida identifikatsiya qilishlari mumkin. Yangi imkoniyat Hamkorbank mijozlari va bank mijozi bo‘lmaganlar uchun joriy etilgan.

Elektron hamyonni yangi usulda to‘ldirish uchun hamyonlar identifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Hamyonlarni to‘ldirish uchun Hamkorbank saytiga kirish yoki Android va iOS uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab olish kerak bo‘ladi. Undan so‘ng elektron hamyon raqamini, mablag‘ miqdorini o‘tkazmani sms orqali kelgan kod bilan tasdiqlash lozim. Yandeks.Dengi hamyonini to‘ldirish uchun Uzcard yoki Humo tizimidagi istalgan plastik karta bo‘lishi kifoya.

Hisobni to‘ldirishda foydalanuvchining kartasidan so‘mlarda mablag‘ yechib olinadi va o‘sha zahoti elektron hamyonga rublda tushadi. Mablag‘lar konvertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hamyonni to‘ldirish uchun bank komissiyasi 3 foizni tashkil etadi. Bankning o‘zi uni hisoblab chiqadi va oldindan foydalanuvchiga ko‘rsatadi. Hamkorbank orqali hamyonni bir marotabada 300 ming rublgacha (44 mln so‘mgacha) to‘ldirish mumkin, hamyon hisobida esa 500 ming rublgacha (taxminan 74 million so‘m) saqlash mumkin.

Hamyonlarni identifikatsiya qilish uchun Hamkorbankning istalgan 43 ta filiali va 130 dan ortiq mini-banklariga murojaat etish mumkin. Buning uchun bank ofisiga pasport bilan tashrif buyurish, elektron hamyon raqamini aytish va 25 ming so‘m to‘lash kifoya. Identifikatsiyadan so‘ng foydalanuvchiga Yandeks.Dengi hamyonlarining keng imkoniyatlari taqdim etiladi - jumladan dunyo bo‘ylab to‘lovlar, boshqa hamyonlarga, karta va bank hisob raqamlariga pul o‘tkazish, internet orqali pul yig‘ish, naqd pulni olish. Identifikatsiyadan o‘tgan hamyon egasi 11 ta xorijiy valyutada ham hisob ochishi mumkin - rubldan tashqari, dollar, yevro, belarus rubli, qozoq tengesi va boshqalar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yandeks.Dengi hamyonlarini to‘ldirish va identifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi