19:57 / 14.11.2019
3 225

Vadim Abramov: "Hissiyot aqldan ustun keldi..."

Vadim Abramov: "Hissiyot aqldan ustun keldi..."
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski mag‘lub bo‘ldik, haqqoniy yoki aksincha aytish qiyin. Afsuski shuncha muxlis kelgan o‘yinda yutqazdik va ularni xursand qila olmadik. Natija juda yomon. Hayot davom etadi, menimcha hali imkoniyat bor va kurashishda davom etamiz", - deydi Vadim Abramov.

- Shomurodov ikkinchi taymda deyarli o‘zini ko‘rsata olmadi, 75-daqiqalarda uning o‘rniga Sergeyevni tushirish imkoniyati yo‘qmidi?
- Menimcha u yomon o‘ynamadi. Yig‘inga kech kelganiga qaramay yaxshi o‘ynadi. Afsuski yigitlar 2:1 hisobi vaqtida aqlni ishlatishmadi, shu bois hissiyotga berilib ketishdi.

- Bugun terma jamoada himoyada juda ham yosh bolalarcha xatoga yo‘l qo‘yildi. Texnik kuchli raqibga qarshi bahsda nimaga bunday bo‘ldi?
- To‘g‘ri aytdingiz, birinchi taymdagi qo‘pol xatolarda futbolchi hayajonlangani sezilib qoldi. Qisqa vaqt ichida o‘yin uslubimizni o‘zgartirishimiz kerak hali himoyada balki bunga erisha olmagandirmiz.

- Ahmedovning himoyada o‘ynashi bugungi o‘yindan kelib chiqsak xato emasmidi?
- Mag‘lub bo‘lganimizdan keyin xato deyishingiz mumkin, yutganimizda xato bo‘lmasdi. Bugun menimcha Ahmedov himoyada yaxshi o‘ynadi.

- Siz kelgach terma jamoa himoya markazida yetarlicha bo‘ydor himoyachilar o‘ynashmayapti deb hisoblaysizmi? Masalan Krimets...
- Krimetsmi? Unda kichik kamchilik bor, tezlanishi biroz sekinroq. O‘z maydonimizda o‘ynadik, shu bois tezkor himoyachilarni maydonga tushirdik.

- Bugun kuchli raqibga qarshi jangda yutqazdik. Ammo undan ustun kelayotgandik, afsuski ikkinchi bor siz murabbiy bo‘lganingizda yutqazib qo‘ydik. BAA olimpiyachilari bilan o‘yinda shunday bo‘lgandi. So‘nggi 20 daqiqa ichida futbolchilarimiz yakkakurashlarda yutqazaverishdi...
- To‘g‘ri, aytayapmanku bugun hissiyot aqldan ustun keldi. Yigitlar uchinchi golni urishga intilishdi, Saudiyada ikkinchi taymda deyarli yaxshi imkoniyat bo‘lgani yo‘q. Ammo so‘nggi daqiqalarda rekoshet va uchinchi gol esa umuman tushunarsiz chiqdi. Himoyachilar oldinga o‘tib ketaverishdi, xuddiki muxlislar qo‘llab quvvatlovi ostida ular oldinga o‘taverishdi. Aqlni yig‘ib olmadik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Hissiyot aqldan ustun keldi..."