09:16 / 15.11.2019
2 480

Yuriy Syomin: «Shomurodov – top-futbolchi, u istalgan jamoada o‘ynay oladi»

Yuriy Syomin: «Shomurodov – top-futbolchi, u istalgan jamoada o‘ynay oladi»
Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoasining qishki transfer maqsadlari haqida gapirib, Eldor Shomurodov borasida fikr bildirdi.

- Eshitgandirsiz, «Rostov»da moliyaviy muammo yuzaga kelgan. Hali boshqa klublar harakatga tushmasidan, Normann, Shomurodov variantini ko‘rib chiqmaysizmi?

- Normann, Shomurodov, Yeryomenko – istalgan jamoada o‘ynay oladigan, top darajasidagi futbolchilar, ammo «Rostov»ning pulsiz qolgani haqidagi gaplarni hozircha izohsiz qoldiraman. Balki bu odatiy bema’ni gapdir? Hozircha ularda hammasi joyida, shunday ekan bunday gaplarga ishonish qiyin»,– deydi «Lokomotiv» ustozi savolga javoban.

Rossiya chempionati 16-turidan so‘ng amaldagi chempion «Lokomotiv» 31 ochko bilan 2-o‘rinda, «Rostov» esa 30 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yuriy Syomin: «Shomurodov – top-futbolchi, u istalgan jamoada o‘ynay oladi»