10:13 / 15.11.2019
10 468

JCh-2022 saralashi. Ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqa olamizmi? (jadval)

JCh-2022 saralashi. Ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqa olamizmi? (jadval)
Bugun Osiyo qit’asida JCh-2022 saralashi doirasidagi 5-tur bahslari bo‘lib o‘tdi hamda dastlabki davra o‘z yakuniga yetdi.
Afsuski terma jamoamiz o‘z maydonida Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi va ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Osiyo qit’asidagi JCh-2022 saralash bahslari 8ta guruhda davom etmoqda.

Har bir guruhda birinchi o‘rinni olgan jamoalar (8ta) hal qiluvchi so‘nggi bosqichga chiqishadi. Ularga qo‘shilib 8ta guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 4ta yoki 5ta ikkinchi o‘rin sohiblari ham keyingi bosqichga chiqadi.

Nima uchun 4ta yoki 5ta? Gap shundaki JCh-2022 mezboni Qatar bu saralashda ishtirok etmoqda. Sababi bu Jahon chempionati bilan birga Osiyo Kubogi-2023 uchun ham saralash vazifasini o‘tab bermoqda. Qatar agar hozirgi bosqichda o‘z guruhida 1-o‘rinni olsa yoki 2-o‘rinni olib eng yaxshi natijaga ega 4ta jamoadan biri bo‘lsa u holda o‘z o‘zidan quyidagi jadvalda beshinchi o‘rindagi jamoa ham so‘nggi bosqichga chiqadi.

Birinchi davra tugagan bir paytda O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi o‘rindagilar jadvalida eng so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Guruhdan hech bo‘lmasa ikkinchi o‘rin bilan chiqishni istasak keyingi o‘yinlarda raqiblarni imkon qadar yirik hisoblarda mag‘lub etaverishimiz shart va o‘z navbatida qolgan guruhlarda ikkinchi o‘rin egalarining ochko yo‘qotishini kutishimiz kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz o‘zining kelasi uchrashuvini 19 noyabr kuni Toshkentda Falastin terma jamoasiga qarshi olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralashi. Ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqa olamizmi? (jadval)