10:43 / 15.11.2019
1 948

«Muhim to‘qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o‘zgarishlarga qo‘l ura olgan murabbiy yutdi»

«Muhim to‘qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o‘zgarishlarga qo‘l ura olgan murabbiy yutdi»
Shahboz Beg‘amov o‘zining telegramdagi kanalida O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni (2:3) uchrashuvi haqidagi fikr va mulohazalarini yozib qoldirdi.
«Birinchi jiddiy o‘yindayoq tayyor g‘alaba boy berildi. Renar taktik dars o‘tdi. Omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Bir qarashda “durnoy” gollar. Lekin o‘sha natija va gollarga munosib bo‘lmoq lozim.
Kerakli o‘zgarishlar, o‘yinni borishiga qarab qilingan yurishlar har ikkala mutaxassisda har xil kechdi. Taktik murabbiylar shunday pallada sahnaga chiqadi.

Markaz butkul yutqazildi. Ahmedov esa himoyadan ko‘ra yarim himoyaga zarurroq edi, nazarimda. Yangiliklar doim ham ish bermaydi. Bunday o‘yinlarda tajriba ko‘proq as qotadi. Yarim himoya markazi Qodirqulovdan ko‘ra Ahmedovga ehtiyojmand edi.

Top jamoalar yoki taktik murabbiylar o‘yini nisbatan raqibdan ko‘ra yomonroq chiqqan uchrashuvda ham yutishni biladi. Shu boisdan ham ularning mahorati yoki darajasi farqlanadi.

Biz esa chempionatimizni qadriga yetishga va uni ko‘proq hurmat qilishni o‘rganishimiz kerak. Chunki aynan milliy chempionat asli terma jamoa manfaatiga xizmat qiladigan asosiy faktor. Gap necha kun avvalroq yig‘ilishda emas, balki qisqa muddatdan sifatli foydalanishda.

Shunday optimal holat va ssenariy ostida kechgan o‘yinda yutqazish shunchaki omadsizlik emas, balki daraja farqini ko‘rsatdi.
Muhim to‘qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o‘zgarishlarga qo‘l ura olgan murabbiy yutdi», - deb yozadi Shahboz Beg‘amov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Muhim to‘qnashuvda yaxshi tayyorgarlik va kerakli o‘zgarishlarga qo‘l ura olgan murabbiy yutdi»