17:45 / 15.11.2019
1 980

Endi futbol translyatsiyalarining sifati yaxshilanadimi?

Endi futbol translyatsiyalarining sifati yaxshilanadimi?
Bugungi kunda futbol rivojida yuqori saviyali translyatsiyalarning o‘rni katta. O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinlarini translyatsiya qilayotgan “Sport” telekanali bilan hamkorlikda translyatsiyalarda faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning malakasi va mahoratini yanada oshirish maqsadida O‘FA tomonidan OFK yordamida qit’amizning taniqli mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Yurtimizga angliyalik mashhur sharhlovchi, hozirda Malayziya televideniyesida futbol translyatsiyalari borasida prodyuser vazifasini bajarayotgan Dez Korkxill hamda OFK konsultanti va Singapur televideniyesi boshlovchi, sharhlovchi va prodyuseri Roshan Ray tashrif buyurdi. Seminarning birinchi kunida ekspertlar “Sport” telekanali mehmoni bo‘lishdi.

Ko‘chma televizion stansiya xodimlari, rejissyorlar guruhi, operatorlar, sharhlovchi va boshlovchilar ishtirokida interaktiv suhbat tarzida o‘tgan ushbu seminarda katta efirlar oldidan olib boriladigan tayyorgarlik mavzusi ko‘tarildi. Dez Korkxill va Roshan Ray o‘z tajribalari hamda faoliyatidagi misollar orqali fikrlar bildirishdi. Shuningdek, yurtimiz televideniyesining ishlash uslubi bilan yaqindan tanishishdi.

Ikkinchi kun O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuviga to‘g‘ri keldi va mehmonlar bevosita amaliyotda “Sport” telekanali vakillari bilan birga ushbu o‘yin translyatsiyasi jarayonida ishtirok etishdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida o‘tgan uchinchi kungi seminarda esa amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib xulosalar aytib o‘tildi. Ishtirokchilar bir necha guruhga bo‘lingan holda o‘yin oldi studiya, maydondagi intervyu va stendaplar, sharhlovchi ishi, bevosita uchrashuvning umumiy translyatsiyasini baholab borishdi.

Bellashuv yakunida mehmonlar o‘zbekistonlik hamkasblarining ishiga yuqori baho berishdi va shu bilan birga translyatsiyalar sifatini yanada oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi futbol translyatsiyalarining sifati yaxshilanadimi?