Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Chagayev rossiyalik bokschi Fotima Dudiyeva bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Sankt-Peterburgda 14 noyabr kuni o‘tgan “Nokaut qirollari” turnirida Fotima Dudiyeva polshalik Dorota Norek ustidan g‘alaba qozondi.
“O‘ylaymanki, men murabbiylik faoliyatini davom ettiraman. Bu mening ishim ekanini tushunib yetdim. O‘z tajribamni yosh avlod vakillariga o‘rgatmoqchiman”, dedi Chagayev.
Chagayev Fotima Dudiyevadan tashqari boshqa shogirdlarni ham tarbiyalamoqchi, lekin ularning kimligini aytmagan.
Ruslan Chagayev 2016 yilning oktyabrida professional ringni tark etgan. U professional ringda 38 ta jang o‘tkazib, ulardan 34 tasida g‘alaba qozongan, raqiblarini 21 marta nokaut qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi