16:48 / 15.11.2019
3 426

JCh-2022 saralashi. Osiyo qit’asida navbatdagi iste’fo

JCh-2022 saralashi. Osiyo qit’asida navbatdagi iste’fo
Marchello Lippi Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Iste’fo JCh-2022 saralashi doirasidagi Suriya (1:2)dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng sodir bo‘ldi.
Lippi o‘yindan so‘ng bergan interyusida natijani o‘z bo‘yniga olishini aytib o‘tdi.

Bu Lippining Xitoy terma jamoasidan birinchi ketishi emas. U dastlab terma jamoa boshqaruvini 2016 yilda qo‘lga olgan va 2019 yil yanvarda ketgandi. Ammo, mayda yana bosh murabbiylikni o‘z qo‘liga olgan edi.
Xitoy terma jamoasi saralash doirasida o‘z guruhida Suriyadan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralashi. Osiyo qit’asida navbatdagi iste’fo