Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020 yilning boshida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik bokschi 2020 yilning 10 yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 raunddan iborat jang g‘olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA’ning WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 10-jangida u o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori evaziga g‘olib chiqqandi.
O‘shanda 2 raundda Sanjar Rahmonov nokdaun holatiga tushgani uchun hisob ochilgan, biroq ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hakamlarning yakuniy qarori bahsli bo‘lgan. Sanjar Rahmonov jangdan so‘ng protest yozishgani haqida ham xabar qilib o‘tgandi.
Atlantik Sitida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomining markaziy jangida ayollar o‘rtasida ikkita yo‘nalish bo‘yicha jahon chempionlik kamari uchun jang bo‘lib o‘tadi. Unda Salita Promotions promouterlik kompaniyasi vakili, amerikalik Klaressa Shilds xorvatiyalik Ivana Habazinga qarshi ringga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi