01:08 / 17.11.2019
3 262

Yevro-2020 saralash bosqichi. Rossiya o‘z uyida Belgiyadan «tarsaki» yedi (video)

Yevro-2020 saralash bosqichi. Rossiya o‘z uyida Belgiyadan «tarsaki» yedi (video)
Yevro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Rossiya va Belgiya qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda mehmonlar 4:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.
Rossiya – Belgiya 1:4
Gollar:
0:1 – 19 Azar, 0:2 – 33 Azar, 0:3 – 40 Azar, 0:4 – 72 Lukaku, 1:4 – 79 Djikiya.
Rossiya – Gilerme, Djikiya, Semenov, Petrov, Jirkov (Bakayev, 50), Zobnin (Kuzyayev, 62), Ozdoyev, Miranchuk, Ionov, Fernandes, Dzyuba (Komlichenko, 81).
Belgiya – Kurtua, Vermalen (Denayer, 67), Boyata, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, de Bryuyne, Azar, Azar, Lukaku (Batshuayi, 77), Mertens (Tilemans, 52).
Ogohlantirish: Petrov (3).

Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan uchrashuvda Belgiya terma jamoasining qo‘li baland keldi. Mehmonlarning 4 goliga ruslardan Djikiya bir marta javob berishni uddaladi, xolos. Joriy mavsum omadi yurishmayotgan Eden Azar mazkur bahsda dubl qayd etdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2020 saralash bosqichi. Rossiya o‘z uyida Belgiyadan «tarsaki» yedi (video)