08:08 / 18.11.2019
2 159

Rodri: "Men oddiy yigitman. Siz hayotdan to‘liq bahra olib yashashingiz uchun ortiqcha dabdaba shart emas"

Rodri: "Men oddiy yigitman. Siz hayotdan to‘liq bahra olib yashashingiz uchun ortiqcha dabdaba shart emas"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri o‘zini o‘rab turgan insonlar va kamtarligi haqida gapirib berdi.
– Bu futbolchilar orasida onda-sonda uchrab turadi, lekin sizda tautirovka yo‘q va ijtimoiy tarmoqlardan ham foydalanmaysiz. Bu haqda nima deb o‘ylaysiz?
– Ha, men oddiy yigitman. Yashayotgan dunyomizda sog‘lom fikrlovchi bo‘lish men uchun juda ahamiyatli. Har doim oddiylikka intilib kelganman, bu hayotim mohiyati va shunday yashashni davom ettirishni istayman.

– Nima uchun sizdan tez-tez kamtarlik haqida eshitishimiz mumkin?
– Siz hayotdan to‘liq bahra olib yashashingiz uchun ortiqcha dabdaba shart emas. Jamoat odami bo‘lib yashash menga qulay va o‘zimni yaxshi his qilaman. Bu menga yaxshiroq o‘ynashim uchun yordam beradi.

– Futbol olamida shunday qolish osonmi?
– Yo‘q, oson emas. Eng muhim narsa — bu atrofingni qanday odamlar o‘rab turganligida. Tajriba qilmasdan turib, atrofingdagi barcha insonlar bilan noto‘g‘ri qaror qabul qilish hech gap emas. Bu biz yashayotgan dunyoda normal holat. Shuning uchun, muhimi tezda atrofingni senga nima yaxshi, nima yaxshi emasligini tushuntira oladigan insonlar bilan to‘ldirish", – deydi Rodri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodri: "Men oddiy yigitman. Siz hayotdan to‘liq bahra olib yashashingiz uchun ortiqcha dabdaba shart emas"