13:58 / 18.11.2019
2 297

Bugun OʻFA rahbariyati yigʻilish oʻtkazadi. Barcha klub rahbarlari taklif etilgan

Bugun OʻFA rahbariyati yigʻilish oʻtkazadi. Barcha klub rahbarlari taklif etilgan
18-noyabr, dushanba kuni Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkaziladi.
Olgan maʼlumotlarimizga koʻra, ushbu yigʻilishga Superliganing barcha klublari rahbarlari chaqirilgan. OʻFA va PFL rahbariyati ishtirokidagi yigʻilishda aynan nima masala koʻtarilishi, bizga hozircha nomaʼlum.

Tribuna.uz manbalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nisbatan erta boshlagan yigʻini sababli 24-tur oʻyinlari qoldirilgani va Superliga taqvimi oʻzgarishi, natijada klublar uch haftadan ortiq oʻyin amaliyotisiz qolib, 23-noyabrdan 30-noyabrgacha – bir hafta ichida ketma-ket 3 ta tur oʻyinlarini oʻtkazishi shartligi bir qator klub murabbiylari eʼtiroziga sabab boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun OʻFA rahbariyati yigʻilish oʻtkazadi. Barcha klub rahbarlari taklif etilgan