15:20 / 18.11.2019
3 187

27:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun murabbiy ishdan bo‘shatildi

27:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun murabbiy ishdan bo‘shatildi
Foto: «Football-italia.net»
«Inviktasauro» yoshlar jamoasi murabbiyi «Marina Kalcho» jamoasini 27:0 hisobida mag‘lub etgani uchun ishdan bo‘shatildi.
Klub prezidenti Paolo Brogellining fikricha, bunday g‘alaba raqibga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

— Bu yoshlar futboli qadriyatlariga mos kelmaydi. Raqibni hamisha hurmat qilish kerak, lekin bunday bo‘lmadi. Bizning direktorlarimiz bir ovozdan murabbiyni ishdan bo‘shatishga qaror qilishdi, — deya Brogellining so‘zlarini keltiradi «Football Italia».

Shuningdek, u mag‘lub bo‘lgan jamoadan uzr so‘radi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 27:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun murabbiy ishdan bo‘shatildi