21:43 / 18.11.2019
2 460

Ronaldu: "Men hatto jarohat bilan ham "Yuventus"ga yordam berishga va o‘zimni qurbon qilishga tayyorman"

Ronaldu: "Men hatto jarohat bilan ham "Yuventus"ga yordam berishga va o‘zimni qurbon qilishga tayyorman"
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sog‘ligi haqida gapirdi.
"Men so‘nggi uch haftada oxiriga qadar o‘ynashga tayyor emas edim. Hech qanday kelishmovchilik bo‘lgani yo‘q, ammo siz men almashtirilishni xohlamasligimni yaxshi bilasiz.
Men maydonni erta tark etgan bo‘lsam ham jarohat bilan "Yuventus"ga yordam berishga harakat qildim. Bu o‘yinlarning hech birida 100% tayyor bo‘lmadim.
Agar jonimni berish kerak bo‘lsa, men bunga tayyorman. Xudoga shukurki, faoliyatim davomida hech qanday jiddiy jarohatlar olmadim"
, - deydi Ronaldu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "Men hatto jarohat bilan ham "Yuventus"ga yordam berishga va o‘zimni qurbon qilishga tayyorman"