17:43 / 18.11.2019
4 011

Falastin bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan o‘yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..."

Falastin bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan o‘yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..."
JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Falastin uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Nuriddin Ould Ali qatnashdi. Unga futbolchi Nazmi Al Badavi hamrohlik qildi.

"Assalomu alaykum. Ertangi uchrashuv har ikkala jamoa uchun muhim hisoblanadi. Ikkala jamoa ham oldingi turdagi mag‘lubiyatlarni unutishga intilishadi. O‘zbekiston ham, Falastin ham ertaga g‘alaba uchun o‘ynaydi. Biz ham, mezbonlar ham keyingi bosqchiga chiqishni istamoqda", - deydi Nuriddin Ould Ali.

"Ertangi o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo qiyin bo‘lishi aniq. O‘zbekiston Falastinda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada sifatli o‘ynaydi. Raqibning qanchalik kuchli ekanligini bilamiz", - deydi Nazmi Al Badavi.

- Siz raqibni juda ham izchil o‘rganadigan murabbiylardan birisiz.
- To‘g‘ri O‘zbekiston terma jamoada murabbiy o‘zgardi. Ammo futbolchilar o‘sha o‘sha. Hozirgi kunda raqibdan qandaydir ma’lumotni yashirishning iloji yo‘q.

- O‘zbekiston terma jamoasidan qaysi futbolchini alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
- Birinchi navbatda asosiy darvozabon, chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, 9-raqamdagi Odil Ahmedov, 10-raqamli Jaloliddin Masharipov va 17-raqamli Doston Hamdamov. "Rostov"da o‘ynayotgan hujumchi Shomurodov ham kuchli. Ertangi bahsdan oldin bizda bitta savol bor markaziy himoyada 9-raqamli Ahmedov tushadimi yoki 15-raqamli futbolchimi (Krimets nazarda tutilmoqda).

- Birinchi o‘yin sun’iy maydonda bo‘lgandi. Ertaga esa tabiiy maydonda bo‘ladi...
- Bizda tabiiy maydonda o‘ynashda muammo yo‘q. Agar tabiiy maydonda muammo bo‘lmasa biz bemalol o‘ynayveramiz.

- Falastin o‘z uyida butunlay boshqa O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan edi. Ertaga safarda himoyada o‘ynaysizlarmi yoki hujumda?
- Biz ertaga barchasiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Qarshimizda kuchli terma jamoa o‘ynaydi. Ob-havo hech qanday ta’sir qilmasa kerak.

- Yaman bilan bahsda qizil kartochka olgan Mahmud Abu Varda o‘ynay olmasligidan xabarimiz bor. Tarkibda jarohat olgan futbolchi ham bormi?
- To‘g‘ri Abu Varda o‘ynay olmaydi. Biz Toshkentga 23 nafar futbolchi bilan keldik va ularning barchasi O‘zbekiston bilan bahsda maydonga tushishga tayyor.

Narzulla Saydullayev yozib oldi

Manba: championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Falastin bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan o‘yindan oldin bizni bitta savol qiynamoqda..."