07:01 / 19.11.2019
3 244

Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi?

Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi?
Bishkekda JCh-2022 saralash bosqichi «F» guruhi doirasidagi Qirg‘iziston – Tojikiston o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazilib, unda mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev jurnalistlar savollariga javob qaytardi, - deya xabar bermoqda TFF rasmiy sayti.

«Qirg‘iziston bilan o‘yinga faqat g‘alaba umidida keldik. Aynan ushbu o‘yindan keyin guruhda 2-o‘rin masalasi hal bo‘lsa kerak» - deya so‘z boshladi o‘zbekistonlik mutaxassis.

«To‘g‘ri, Toshkent orqali Qirg‘izistonga uchish oldidan kichik muammo chiqdi. Bizda aviachiptalar va viza masalasida muammo bo‘ldi. Shu bois, terma jamoa futbolchilarining aksariyati yakshanba kuni, yana bir qismi bugun, dushanba kuni yetib kelishadi. Buni qo‘rqinchli joyi yo‘q, yigitlar Toshkentda qolib ham mashg‘ulotlar o‘tashdi. Toshkentdan Bishkekkacha 45 daqiqa parvoz qilinadi, shunday ekan, ayrim futbolchilarning kechroq kelishi jamoa o‘yiniga ta’sir qilmaydi.

Myanmaga qarshi o‘yindan keyingi iste’fo haqidagi gaplarga qanday qarayman? Har narsa deyish mumkin. Bu hamma murabbiyning taqdirida bor. Iste’fo haqida kim gapirayapti yoki yozayapti, bilmayman. Hamma qanday yashashni o‘rgatadi, ammo baxtlilar negadir ko‘p emas. Shunday ekan, gap-so‘zlarga ko‘p ahamiyat bermayman. Bu normal holat. Hattoki, Xitoy terma jamoasi mashhur Lippini haydab yubordi. Imkoniyat bor ekan, bor kuch bilan ishlashda davom etamiz. Qirg‘izistonni Dushanbeda mag‘lub eta olgandik. Bu safar ham aynan g‘alabaga intilamiz» - deydi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi?