Joze Mourinyo rasman “Tottenhem Hotspur” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda londonliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
19-noyabr kuni 2014-yildan buyon “Tottenhem”ni boshqarib kelgan Maurisio Pochettino lavozimini tark etgandi. Shu vaqtdayoq uning oʻrnini Mourinyo egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mourinyoning soʻnggi ish joyi “Manchester Yunayted” boʻlib qolayotgandi. Portugaliyalik mutaxassis manchesterliklar klubi boshqaruvini 2018-yilning dekabrida tark etgandi.
U muqaddam ikki marta “Chelsi”ni boshqargan va jamoa bilan uch marta APL chempioni boʻlgan (2005, 2006, 2015).
“Tottenhem Hotspur” joriy mavsumda 12 oʻyinda 14 ochko toʻpladi va ayni vaqtda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-oʻrinni egallab turibdi. Ayni vaqtda turnir jadvalini 12 oʻyinda 34 ochko toʻplagan “Liverpul” boshqarib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi