21:30 / 20.11.2019
3 733

Shahram G‘iyosov 2020 yilda shov-shuvli jang o‘tkazadi

Shahram G‘iyosov 2020 yilda shov-shuvli jang o‘tkazadi
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Shahram G‘iyosovning 30 noyabrda Monakoda navbatdagi jangini o‘tkazishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Lekin bu amalga oshmadi.

Bu borada sports.uz muxbiri Shahram bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi va okean ortida o‘zbek bokschilari haqida qanday fikrlar bildirilayotganligiga aniqlik kiritish uchun bir-ikkita savol bilan murojaat qildi.

- Shahram biz 30 noyabrni kutayotgan edik... Jang nega bo‘lmadi?
- Dastlab, reja shunday ko‘rinish olgandi. Lekin biz topgan raqib tayyor bo‘lmaganligi uchun jang bo‘lmadi. Aslida, katta shoularda ringga ko‘tarilishim ko‘zda tutilyapti. Chunki, meni DAZN hamda Match.rum bilan shartnomam bor. Shuning uchun, AQSh da jang o‘tkazishim kerak bo‘lardi. Yangi yildan keyin, to‘g‘rirog‘i yanvar va fevral oylarida katta jangda ishtirok etishim ko‘zda tutilyapti. Bu borada bizga DAZN hamkorlik qiladi. Ular shov-shuvli shouda shunga xos jang tashkil qilib berishga va’da berdi.

- Umuman olganda okean orti OAVda o‘zbek bokschilari haqida qanday fikrlar bildirilmoqda?
- Faqat iliq fikrlarni eshtishimiz yoki o‘qishimiz mumkin. Ular bizni mexnatkash, oxiriga qadar jang qiladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, jangni so‘ngiga qadar davom ettiradi. Tan bermaydi, taslim bo‘lmaydi va o‘z o‘rnida ringda chiroyli harakat qilishadi, deya ko‘p yozishmoqda... Albatta, bunday e’tiroflar bizga yanada kuch beradi.

- Ayniqsa, Murodjon Ahmadaliyev hamda Daniel Roman to‘qnashuvi borasida ko‘p gap-so‘z bo‘layotgandir?
- Shubhasiz. Murodjon raqib jamoasining yuragiga qo‘rquv solib qo‘ygan. Umuman hamma xavotirda. Murodjonda ajoyib imkoniyat bor. Qolaversa, salohiyati ham yetarli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov 2020 yilda shov-shuvli jang o‘tkazadi