22:05 / 20.11.2019
3 154

Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda

Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda
Foto: Instagram
MMA boʻyicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda. Bu haqda sportchining oʻzi Instagramʻdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.

23-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga kelmoqda. U oʻtirgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aerportiga bugun kechki soat 22:00 da qoʻnishi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.
Maʼlumot uchun, 21-noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda