Professional boksning super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili Bektemir Meliqoʻziyev (3-0, 3 KO) dekabr oyida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Unga koʻra, Meliqoʻziyev toʻrtinchi jangi 13-dekabr kuni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda bokschi WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi. Jang Kaliforniyada, Indio shahrida boʻlib oʻtishi moʻljallangan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas.
Oldinroq, unga fransiyalik sobiq jahon chempioni raqiblik qilishi xabar qilingandi. Ammo bu jang oʻtkazilmaydigan boʻldi. Endi u boshqa raqibga qarshi jang qiladi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta Meliqoʻziyev 2-noyabr kuni ringga chiqib, amerikalik Kley Kollardni (4-2-3, 1 KO) toʻrtinchi raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”