11:10 / 22.11.2019
2 209

"Tottenxem" nega Pochettinoni iste’foga chiqardi? Mourino joyini topdimi?

"Tottenxem" nega Pochettinoni iste’foga chiqardi? Mourino joyini topdimi?
Xabaringiz bor, "Tottenxem" Maurisio Pochettino iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Joze Mourinoni taklif qildi.
O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu voqelikka quyidagicha fikr bildirdi.

- Hayotda shunday tushunarsiz vaziyatlar bo‘lib turar ekan. "Tottenxem" Angliyada top-to‘rtlikdan tashqaridagi kuchli o‘rtamiyonadan top-oltilikning stabil a’zosigacha bo‘lgan yo‘lni Maurisio Pochettino bilan birga bosib o‘tdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashuvchi pozitsiyasidan shu turnir finalchisi darajasiga yetdi. "Tottenxem" top-6 ichida byudjeti kamrog‘i, lekin to‘rtinchi o‘rindan pastga tushmasdi. Stadion qurilayotganda transferga mablag‘ ajratilmadi umuman. "Shporlar" yoqimli futbol namoyish etib kelishdi, ya’ni - biz kuchsizmiz, deb ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashni odat qilishmadi. Pochettino barqaror o‘sishga erishayotgandi.

Uni bo‘shatish fikri Levida qayerdan paydo bo‘ldi? Omadsiz startmi? Balki. Lekin, real olib qaraganda, bu mavsum "Liverpul" va "Manchester Siti"ga bas kelish qiyinligini hamma tushunyapti. "Tottenxem"ga Joze Mourino murabbiy bo‘ldi. Bundan hulosa - klub imkoniyatlari kengayadi. Pochettino bor imkoniyatdan maksimal foydalanardi. Mourino esa talabni katta qo‘yadi. Talabga yarasha titullar ham yuta oladi. TOP murabbiy! Maurisioga esa bir narsa yetishmadi - titul. Faqat bitta tomoni menga yoqmadi, og‘ir davrda jamoani tortgan Pochettinoga nisbatan yetarlicha hurmat ko‘rsatilmagani. Shuni hisobga olmasa, qolgani yaxshi.

Pochettino "Tottenxem"dan kam bo‘lmagan jamoada ishlasa kerak. Mourino joyiga keldi, qadriyatlar hali o‘yin uslubigacha ta’sir qiladigan darajada ildiz otmagan, yutuqlarga to‘ymagan klub. Yo‘nalishni o‘zi belgilaydi. Uchinchi tomon - klubning o‘zi. Uning foyda zararini esa vaqt ko‘rsatadi. Maur ketdi, Maur keldi, - deya yozib qoldirgan Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Tottenxem" nega Pochettinoni iste’foga chiqardi? Mourino joyini topdimi?