17:30 / 22.11.2019
5 727

Habib Nurmagomedovga noyob sovg‘a berildi

Habib Nurmagomedovga noyob sovg‘a berildi
Foto: Otabek Umarov telegram kanali
Ertaga, 23 noyabr kuni Toshkentda GFC 20 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga dunyoning taniqli sportchilari taklif etilgan.
Xususan, Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida 20 noyabr kuni Toshkentga yetib kelgandi.

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov bugun Habib Nurmagomedov va uning jamoadoshlarini o‘zbekcha taomlar bilan mehmon qildi.
Shuningdek, Otabek Umarov faxriy mehmonga noyob sovg‘a taqdim etdi va o‘zining telegram kanalida «O‘zbekistonga xush kelibsiz!», deb yozib qoldirdi.

O‘z navbatida, Habib Nurmagomedov ham instagram kanalida «O‘zbekiston doim iliq kutib oladi» deb yozdi.
Fotoga ko‘ra, maxsus sovg‘ada UFC ringi va uning ichida chempionlik kamariga ega Habib Nurmagomedov haykalchasi aks etgan. Suvenir — ko‘rinishidan oltindan tayyorlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedovga noyob sovg‘a berildi