17:53 / 22.11.2019
3 136

Xabib Nurmagomedovning Imom al- Buxoriyga bo‘lgan hurmati yoxud undan o‘ziga xos javoblar

Xabib Nurmagomedovning Imom al- Buxoriyga bo‘lgan hurmati yoxud undan o‘ziga xos javoblar
Kecha, 21 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida MMA bo‘yicha Toshkent shahri mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov bilan talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan chempionga murojaat qildilar.

Ilm olishda nimalarga e’tibor berish kerak…
Nafaqat ilm olishda balki, axborot almashishda ham uning manbasini aniqlashtirish kerak. Bu nimaga kerak. Eng avvalo o‘zingizga kerak bo‘lmagan axborotlarga vaqtingizni sarflamaysiz. Ikkinchidan, mukammal bilimga ega bo‘lasiz. Sizga bir misol keltiraman. Buyuk vatandoshingiz Imom al-Buxoriy hadislar to‘plashda va uni saralashda amalga oshirishgan ishlariga nazar soling. Har bir hadisni oxirgi manbasigacha tekshirishga bel bog‘lagan. Hozir ko‘rib turibsizki buyuk allomaning mexnati qanchalik ulug‘vor.

Qaysi kitobni o‘qishi haqida…
Oskar Egerning “Dunyo mamlakatlari va xalqlarining umumbashariy tarixi” asarini o‘qish menga yoqimli. Unda barcha xalqlarning tarixi, madaniyati, tili, aholisi haqida ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Sportchi bo‘lmaganida qaysi kasbni tanlardi…
Sportchi bo‘lmaganimda balkim pomidor sotuvchisi yoki uni yetishtiruvchi bo‘lardim (zalda kulgu). Qanday kasb egallashimdan qat’iy nazar mehnat qilishdan to‘xtamasdim. Sportda erishgan yutuqlarim ham mashaqqatli mehnat natijasi, deb hisoblayman. Inson mehnat qilishdan qochmasligi, o‘z ustida ishlashdan chekinmasligi kerak.

Orzusi va rejalari haqida...
Oldinga qo‘yilgan maqsadlar ko‘p, lekin orzular marraga yaqinlashganing sayin o‘zgarib borar ekan. Shundaylaridan biri o‘z maktabimni yaratish. Jumladan, O‘zbekistonda ham o‘z sport yo‘nalishimda maktab tashkil qilish ham o‘rin olgan.

Tadbir so‘ngida Habib Nurmagomedov eng yaxshi savol egalariga o‘z esdalik sovg‘alarini topshirdi.

TDIU rektori Kongratbay Sharipov va Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmanov Habib Nurmagomedovga tashrif uchun tashakkur izhor qilib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Manba:@yoshlar_birga

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedovning Imom al- Buxoriyga bo‘lgan hurmati yoxud undan o‘ziga xos javoblar