18:17 / 22.11.2019
9 007

Hasanboy Do‘smatovga taklif etilgan aqlbovar qilmas summa haqida eshitganmisiz?

Hasanboy Do‘smatovga taklif etilgan aqlbovar qilmas summa haqida eshitganmisiz?
Xabaringiz bor, Hasanboy Do‘smatov kuni kecha professional boksda o‘z debyut jangini o‘tkazdi. Quvonarlisi u Meksikada mezbon Xesus Servantesni nokautga uchrata olgandi.
Biz Rio Olimpiadasi sovrindoriga keyingi faoliyatiga oid bir-ikkita savol bilan murojaat qildik.

Navbatdagi janglaringizda murabbiyingiz Ziyoyiddin Tayg‘onboyevni ham oldingizda ko‘rishimiz mumkinmi?
- Albatta, shunday maqsadim bor. Agar, o‘z murabbiyim yonimda bo‘lsa, menga yanada oson bo‘ladi.

- Jangdan keyingi bergan intervyuingizda 3-4 ta jangdan so‘ng, WBA chempionlik kamariga jang qilishingiz va tailandlik bokschi bu kamarning amaldagi soxibi ekanligi haqida aytdingiz. Tammanun Niyomtrong 47. 62 da chempion hisoblanadi. Siz esa, bir vazn yuqorida debyut qildingiz. Umuman keyingi janglaringiz qaysi vazn toifasida bo‘ladi?
- Hozircha, reyting janglarimini 48.99 bo‘ladi. Chempionlik uchun esa 47.62 da jang qilaman.

Olimpiadadan so‘ng, sizni professional boksga o‘tishingiz borasida nufuzli promouterlik kompaniyasi aqlbovar qilmas summa taklif qilgan ekan... Shunga aniqlik kirita olasizmi?
- Shunaqa taklif bo‘lgan. Lekin men buni keyinchalik bilganman. O‘z ko‘zim bilan ko‘rib, o‘z qulog‘im bilan eshitmaganman. Rost yoki yolg‘onligini ham bilmayman. Aytishlaricha 1 million AQSh dollari taklif qilishgan ekan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatovga taklif etilgan aqlbovar qilmas summa haqida eshitganmisiz?