20:37 / 22.11.2019
2 686

Joze Mourinyu "Tottenxem" murabbiyi bo‘lganidan so‘ng MYudagilardan 50ta qutlov xabari oldi

Joze Mourinyu "Tottenxem" murabbiyi bo‘lganidan so‘ng MYudagilardan 50ta qutlov xabari oldi
"Tottenxem" yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu London klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin sobiq jamoasi MYudan ko‘plab qutlov xabarlari olganini aytib o‘tdi.
"Kecha men "Yunayted"dagilardan 50ta qutlov xabari oldim - o‘yinchilar, xodimlar va rahbarlardan. Bu men uchun juda muhim. Bu odamlar seni hurmat qilishini anglatadi.

MYu va "Chelsi"ga qarshi oldinda turgan o‘yinlar? Qachonki sobiq jamoalarimga qarshi o‘ynaganimda menda faqat bitta his bo‘ladi va u mening hozirgi klubim. Ayni paytda esa bu "Tottenxem", - dedi Mourinyu.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyu "Tottenxem" murabbiyi bo‘lganidan so‘ng MYudagilardan 50ta qutlov xabari oldi