19:42 / 23.11.2019
2 253

La Liga. "Barselona" irodali g‘alabaga erishdi

La Liga. "Barselona" irodali g‘alabaga erishdi
Ispaniya La Ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Leganes" hamda "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Munisipal de Butarke" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. 12-daqiqada Yussef En-Nesiri hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada esa Luis Suares muvozanatni tiklashga erishdi.

81-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Arturo Vidal jamoasining ikkinchi, ya’ni g‘alaba to‘pini kiritdi.

LEGANES — BARSELONA 1:2 (1:0, 0:2)
Gol:
En-Neseri (assist: Mesa) 12, — 1:0, Suares (assist: Messi) 53, — 1:1, Vidal 79, — 1:2.

"Leganes" – Kuelyar, Bustinsa, Omeruo, Silva, Siovas, Mesa, Ruben Peres, Oskar Rodriges (Eraso, 61), Rosales, Breytueyt, En-Nesiri.
Zaxira: Avazim, Tarin, Karrilo, Ruybal, Arnais, Soriano.

"Barselona" – ter Stegen, Vage, Pike, Umtiti, Firpo, de Yong (Fati, 70), Buskets (Rakitich, 57), Dembele, Suares, Grizmann (Vidal, 57), Messi.
Zaxira: Netu, Morer, Arauxo, Alenya.
Ogohlantirishlar: Mesa (20), Buskets (32), Vidal (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Barselona" irodali g‘alabaga erishdi