24 noyabr kuni Angliya Premer ligasining 13-turi doirasida «Manchester Yunayted» «Sheffild Yunayted» mehmoni bo‘ldi.
Maydon egalari Jon Flek (19) va Lis Musse (52) urgan gollar evaziga 72-daqiqagacha ikki gol ustunligi bilan oldinda borishdi, ammo mehmonlar 7 daqiqa ichida uchta gol urishdi - Brendon Uilyams (72), Meyson Grinvud (77) va Markus Reshford (79) bittadan golga mualliflik qildi.
Ammo hakam tomonidan o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Oliver Mekberni hisobni tenglashtiruvchi golni urishga erishdi - 3:3.
Endilikda manchesterliklar 13 turdan keyin 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 9-o‘rinda joylashgan, «qizil iblislar» peshqadam «Liverpul»dan 20 ochko ortda qolmoqda, «Sheffild Yunayted» esa 18 ochko bilan 6-pog‘onaga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi chempionatda qatorasiga 12-safar o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi, bu esa manchesterliklarning so‘nggi 34 yildagi eng yomon seriyasidir.
APL, 13-tur
Sheffild Yunayted – Manchester Yunayted 3:3 (1:0, 2:3)
Gollar: 1:0 – 19 Flek, 2:0 – 52 Musse, 2:1 – 72 Uilyams, 2:2 – 77 Grinvud, 2:3 – 79 Reshford, 3:3 – 90 Makberni.
Sheffild Yunayted – Mur, Bashem (Robinson, 83), Jagelka, O`Konnell, Boldok, Landstrem, Norvud, Flek, Stivens, Makgoldrik (Sharp, 78), Musse (Makberni, 68).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Maguayr, Jons (Lingard, 46), Uan-Bissaka, Pereyra (Grinvud, 73), Fred, Uilyams, Jeyms, Reshford, Marsiyal (Tuanzebe, 85).
Ogohlantirishlar: Uilyams (50), Landstrem (51), Uan-Bissaka (60).
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Turnir jadvali
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi