19:20 / 27.11.2019
2 214

Felish Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Felish Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Joau Felish Golden Boy-2019 mukofoti sohibi bo‘ldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Aytish kerakki ushbu mukofot 21 yoshdan katta bo‘lmagan yevropalik futbolchiga beriladi. Felish sport jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan. Portugaliyalik “yangi Ronaldu” jami 332 ta ovoz to‘plagan.

Bu borada Felishdan keyingi o‘rinlarni "Borussiya" Dortmund vingeri Jeydon Sancho (175) va "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverslar (75) egallashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Felish Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi