14:13 / 29.11.2019
3 107

Konor Makgregorning navbatdagi jangi sanasi va raqibi maʼlum boʻldi

Konor Makgregorning navbatdagi jangi sanasi va raqibi maʼlum boʻldi
Foto: Getty Images
UFCʻning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor 2020-yilning 18-yanvarida oktagonga qaytadigan boʻldi.
Makgregor UFC 246 jang oqshomida Donald Serronega qarshi toʻqnashuvga rozilik bildirgan va shartnomaga imzo chekkan.

UFC 246 musobaqasi 2020-yil 18-yanvar kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Makgregor UFC 229 musobaqasida Habib Nurmagomedovga magʻlub boʻlganidan soʻng biror marta ham boshqa jangda ishtirok etmadi.

Maʼlumot uchun, Konor Makgregor MMAʼda 25 ta jang oʻtkazib, ularning 21 tasida gʻalaba qozongan. Toʻrtta jangda esa magʻlub boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregorning navbatdagi jangi sanasi va raqibi maʼlum boʻldi