17:00 / 29.11.2019
3 233

Shomurodovning ustozi "Rostov"ning mag‘lubiyatlarida kimni aybladi?

Shomurodovning ustozi "Rostov"ning mag‘lubiyatlarida kimni aybladi?
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi ustozi Valeriy Karpin Rossiya premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Ural”ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jamoada kayfiyat yaxshi. Albatta, so‘nggi o‘yinlarda ko‘proq ochkolarni qo‘lga kiritishni xohlagandik. Endi bu o‘yinlardagi kamchiliklarimizni alohida o‘rganib chiqishimiz kerak.

Muxlislarga minnatdorchilik bildirish barobarida ulardan futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolaman. Barcha omadsizliklar va mag‘lubiyatlar – mening aybim. Muxlislar futbolchilar bilan bo‘lsin. Nima bo‘lgan taqdirda ham yigitlar 500% harakat qilishadi. Ularga sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va muhabbatingiz zarur”, - deydi Karpin.

Eslatib o‘tamiz, "Rostov" - "Ural" uchrashuvi ertaga 30 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Rostovliklar ayni damda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda borishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning ustozi "Rostov"ning mag‘lubiyatlarida kimni aybladi?