18:38 / 30.11.2019
2 777

OChL o‘tish o‘yinlarida "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" qachon va kimlar bilan o‘ynaydi?

OChL o‘tish o‘yinlarida "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" qachon va kimlar bilan o‘ynaydi?
O‘zbekiston nomidan OChL-2020da "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" ishtirok etadigan bo‘ldi. "Sherlar" guruh bosqichida qatnashishadi. "Temiryo‘lchilar" hamda "qaldirg‘ochlar" o‘tish o‘yinlari orqali guruh bosqichiga chiqishga urinadi.

21 yanvar kuni O‘zbekistonning 2 klubi pley-offda, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" uyda o‘yin o‘tkazadi. "Lokomotiv" Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o‘ynaydi, "Bunyodkor" Iroqning "Al-Zaura" klubi bilan kuch sinashadi.

Ehtimoliy g‘alaba jamoalarimizni 28 yanvar kuni safarda o‘tkaziladigan 3-bosqich yo‘llanmasini ta’minlaydi. "Lokomotiv" Jiddada Saudiya Arabistonining "Al-Ahli"siga qarshi maydonga tushsa, "Bunyodkor" BAAning "Al-Ayn" jamoa bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL o‘tish o‘yinlarida "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" qachon va kimlar bilan o‘ynaydi?