07:20 / 02.12.2019
2 391

Mourino o‘tgan 10 yillikning eng yaxshi hujumchilaridan birini himoyada o‘ynatgani haqida gapirdi

Mourino o‘tgan 10 yillikning eng yaxshi hujumchilaridan birini himoyada o‘ynatgani haqida gapirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino "Inter"da ishlab yurgan paytlari Samyuel Eto'Oni himoyada o‘ynatgani haqida gapirdi.
"Inter"daligimda YeChL yarim finalida "Barselona"ga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgandik.

O‘tgan 10 yillikning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan Samyuel Eto'O o‘sha uchrashuvda o‘ng qanot himoyasida harakat qilgan. Keyin biz finalga chiqdik. Ikki haftadan keyin finalda ham g‘alabaga erishdik va tarixga kirdik! Dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri o‘ng qanot himoyasida o‘ynadi. Chunki jamoa shunga muhtoj edi. Shuningdek, o‘yinga tanlangan strategiyalar ham buni talab qilardi.

Fikrimcha, jamoaning yetakchi futbolchisining qayerda, qaysi joyda o‘ynashi unchalik muhim emas. Asosiysi - jamoa va jamoaning vazifasi", - dedi Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino o‘tgan 10 yillikning eng yaxshi hujumchilaridan birini himoyada o‘ynatgani haqida gapirdi