11:24 / 02.12.2019
2 460

Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan oʻch olmoqchi?

Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan oʻch olmoqchi?
Foto: “Sports.kz”
ESPN sharhlovchisi va insayder Ariel Xelvani aytishicha, Konor Makgregor 2020-yil oxirida Habib Nurmagomedov bilan jang oʻtkazib, undan UFC chempionligini olib qoʻymoqchi. 2020-yilda Makgregor uchta jang oʻtkazmoqchi.

“U uch yildan beri buni qilmagandi, biroq irlandiyalik maqsadga diqqatini jamlashni biladi. Odamlar uni anchadan beri bunaqa holatda koʻrishmaganini aytishmoqda. Serrone bilan jangdan keyin u bahorda yoki yozning boshlarida jang oʻtkazish istagida. Uning raqibi Masvidal yoki Neyt Diaz boʻlishi mumkin. Yil oxirida esa Habib Nurmagomedov bilan, agar oʻshanda ham u chempionlikni saqlab tursa, Moskvada kuch sinashish niyatida. Konor birinchi jangdagi xatolarni tuzatmoqchi. Konor ikki jangni yutib, uchinchisi — chempionlik jangida hammaning ogʻzini yumib qoʻymoqchi”, — dedi Ariel Xelvani.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan oʻch olmoqchi?