14:46 / 04.12.2019
2 168

Lennoks Lyuis Endi Ruisning qanday xislatiga qoyil qoldi?

Lennoks Lyuis Endi Ruisning qanday xislatiga qoyil qoldi?
Ogʻir vaznda sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis WBA, WBO, IBF, IBO chempioni Endi Ruisning ajoyib texnikasidan hayratda ekanligini aytdi.

“Endi Ruis “Monstr”ga oʻxshaydi. Uning zarbasi shunchalik kuchliki, mashgʻulotini tomosha qilganimda ”boom, bum, bum" kabi quloqni qomatga keltiruvchi ovozlarni eshitaman. Uning texnikasiga qoyil qoldim. Men Endining sobiq murabbiyi Freddi Rouch bilan gaplashdim.

Rouchning aytishicha, Ruisning vazn yoʻqotishining zararli joyi yoʻq. Menimcha, agar u Joshuaga qarshi jangda vazn tashlagan holatda chiqsa, yanada tezroq boʻladi. Qolaversa, bu omil uning zarbasining kuchiga taʼsir qilmaydi”, - dedi Lyuis.

Ruis va Joshua oʻrtasdagi revansh jangi 7-dekabr kuni Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lennoks Lyuis Endi Ruisning qanday xislatiga qoyil qoldi?