17:59 / 04.12.2019
2 516

“Paxtakor” AGMKni yirik hisobda magʻlub etib, Liga kubogini qoʻlga kiritdi

“Paxtakor” AGMKni yirik hisobda magʻlub etib, Liga kubogini qoʻlga kiritdi
Bugun Oʻzbekiston Liga kubogi final bahsi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Olmaliqning AGMK klubiga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda “sherlar” 6:2 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari tarixda ilk bor oʻtkazilgan Liga kubogi musobaqasida gʻolib chiqib, bir mavsumda uchta sovrinni qoʻlga kiritgan dastlabki jamoaga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, toshkentliklar bunga qadar Superliga va Oʻzbekiston kubogida ham zafar quchgan edilar.

Liga Kubogi, final
AGMK — “Paxtakor” 2:6
Gollar:
Jasur Umarov (64), Murod Toshmatov (86) - Igor Sergeyev (5), Dragan Cheran (42, 67), Doston Hamdamov (50, 55), Xojiakbar Alijonov (78)
AGMK (5-4-1) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yoʻldoshev (18.Rasul Yoʻldoshev, 63), 20.Mirgʻiyoz Sulaymonov - 11.Zohir Pirimov, 3.Erkin Baydullayev, 30.Jasur Umarov - 7.Elguja Grigalashvili (17. Murod Toshmatov, 58) - 9.Zafar Polvonov (15.Jasur Hakimov).
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Joʻrayev, 8.Sanʼat Shixov, 77.Vladislav Kasminin, 99.Shahzod Nurmatov.

“Paxtakor” (4-2-3-1) — 35.Sanjar Quvvatov - 3.Xojiakbar Alijonov, 23.Sherzod Aʼzamov, 15.Yegor Krimes (55. Marko Simich, 78), 34.Farruh Sayfiyev - Humoyunmirzo Iminov, 27.Sardor Sobirxoʻjayev - 17.Doston Hamdamov (19.Shohruh Mahmudhojiyev, 78), 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Igor Sergeyev (21. Marat Bikmayev, 70).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 5.Alisher Salimov, 13.Ruslan Roziyev, 29.Vladimir Kozak, 43.Ibrohimhalil Yoʻldoshev, 77.Husniddin Gʻofurov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” AGMKni yirik hisobda magʻlub etib, Liga kubogini qoʻlga kiritdi