Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 06 dekabr 2019, 06:30
  • 963
  • Sport
  • Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
    "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APLning 15-turida "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi.
    "Dastlabki 30 daqiqa yaxshi o‘ynay olmadik, keyin jamoa o‘ziga kelgandek ko‘rindi. Ammo ilk 30 daqiqada MYu agressiv o‘yin ko‘rsatdi va g‘alabaga munosib edi. "Manchester Yunayted" o‘z uyida muxlislaridan foydalanishini bilardik. Ular tarkibida yosh yigitlar ko‘p va raqib tezkor o‘yin ko‘rsatib, pressing uyushtirishini kutgandim. Bu haqida yigitlarga aytdim, ammo ular gapimga jiddiy e’tibor qaratishmadi.

    "Tottenxem" agressivroq bo‘lishini xohlagandim. Biz kurashlarda ko‘proq yutishimiz, bahslarning startida tezkor o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
    Bugun biz his qilgan narsani raqiblar bizga qarshi bahsda sezishi lozim. Bizga qarshi o‘ynayotgan jamoalarni vaziyat og‘irligini his qilishga majburlash kerak. Bugun aktivdan ko‘ra ko‘proq passiv bo‘ldik
    ", - deydi Mourinyu.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?