16:19 / 07.12.2019
2 321

Xosep Gvardiola: "Liverpul"dan ortda qolayotganimiz sababini bilmayman"

Xosep Gvardiola: "Liverpul"dan ortda qolayotganimiz sababini bilmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Yunayted" muxlislari uchun ularning klubi doimo eng katta klub bo‘lib qolaveradi. "Siti" muxlislari uchun bizning klub eng yaxshisi.

Agar unvonlar zali haqida gap ketsa, shubhasiz MYu eng yaxshisi. Ammo so‘nggi yillarda biz ulardan oldinlab ketdik. Mavsum yakunida buni yana bir marotaba isbotlaymiz. Ammo derbining xar biri boshqacha o‘yin bo‘ladi.

"Liverpul"dan ortda qolish? Javob berish qiyin. Oradagi katta farq sababini ochiqlashni xohlagan bo‘lardim. Ammo yagona aytishim mumkin bo‘lgan vaj bu raqibning ajoyib natijalari. Ular ohirgi 60 o‘yinda bir marotaba mag‘lub bo‘lishdi, bunga ishonish qiyin. Biz ulardan yaxshiroqmiz, biroq 11 ochko ortdamiz. Bor gap shu", - deydi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola: "Liverpul"dan ortda qolayotganimiz sababini bilmayman"