O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, jumladan MVSK (Mudofaa vazirligi sport klubi) vakillari ilk marta jiu-jitsu sport turi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi Ta’minot departamenti harbiy xizmatchisi Anvarjon Muqimov jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda vazirlikning axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Sharq yakkakurashlaridan biri hisoblangan va yil sayin dunyo miqyosida tobora ommaviylashib borayotgan jiu-jitsu sport turi mamlakatimizda, xususan Mudofaa vazirligi sport klubida yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Yurtimizda Jiu-jitsu federatsiyasi o‘z faoliyatini bundan ikki yil oldin, ya’ni 2017 yilda boshlagan.
Jiu-jitsu bo‘yicha mazkur dunyo birinchiligiga Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahri mezbonlik qildi. Unda dunyoning 70 ga yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan sara sportchilar qatnashdi va g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi. O‘zbekiston terma jamoasi qattiq tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan so‘ng Abu-Dabi shahriga 18 nafar sportchi, jumladan MVSK vakillari Anvarjon Muqimov, Asadullo Bozorov va Murodillo Abloqulov bilan bordi.
Mudofaa vazirligi Ta’minot departamenti harbiy xizmatchisi Anvarjon Muqimov o‘z vazn toifasi bo‘yicha bahslarda barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni nishonladi va O‘zbekiston sporti tarixidan «jiu-jitsu bo‘yicha birinchi jahon chempioni» sifatida joy oldi.
BAA da bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolaridan Jasur Jo‘rayev, Suhrob Usmonov va Xurshid Eshonxo‘jayev o‘z vazn toifasida finalgacha muvaffaqiyatli bellashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Kamol Usmonov va Ruslan Yakubovlar bronza medal bilan taqdirlanishdi. Dunyo birinchiligi sovrindorlari safiga qo‘shilishi uchun MVSK a’zosi Asadullo Bozorovga esa biroz omad yetishmadi. Bozorov jahon chempionatida kuchli beshlikdan joy oldi.
Xususan, 2018 yilgi mavsumning mamlakat miqyosidagi musobaqalarida MVSK a’zolari 5 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 14 ta medallarni qo‘lga kiritishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?