11:28 / 08.12.2019
2 680

Joshua Ruisdan chempionlik kamarlarini qaytarib oldi (foto)

Joshua Ruisdan chempionlik kamarlarini qaytarib oldi (foto)
Foto: Nick Potts/PA via AP
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik Endi Ruisga qarshi jangda avval unga boy bergan 3 ta chempionlik kamarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod yaqinidagi Ad-Diriyoda o‘tgan boks jangi Joshuaning ochkolar bo‘yicha g‘alabasi bilan yakunlandi.

3 hakamdan barchasi g‘alabani britaniyalik bokschiga bergan: 118:110, 119:109, 118:110.

Joshua o‘ta og‘ir vazndagi WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlarini qaytarib oldi. Ushbu jang ikki bokschi o‘rtasidagi ikkinchi jang hisoblanib, iyunda o‘tgan birinchi jangla Ruis 7-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Britaniyalik bokschi ilk chempionlik kamarini 2016 yilda qo‘lga kiritib, shundan keyin IBF kamarini 6 marta, WBA kamarini 3 marta va WBO kamarini bir marta himoyalay olgan.

Endilikda 30 yoshli Joshuaning hisobida 23 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat, uning tengquri Ruisda esa 33 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.
Ayni vaqtda o‘ta og‘ir vazn toifasidagi 4 ta eng nufuzli versiyadan biri - WBC kamariga amerikalik Deontey Uaylder egalik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joshua Ruisdan chempionlik kamarlarini qaytarib oldi (foto)