11:53 / 08.12.2019
2 877

Mahmud Murodov super nokaut evaziga g‘alaba qozondi (foto, video)

Mahmud Murodov super nokaut evaziga g‘alaba qozondi (foto, video)
Hamyurtimiz Mahmud Murodov UFCdagi ikkinchi jangini Trevor Smitga qarshi o‘tkazib, ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborli tomoni, Murodov jangda to‘liq ustunlik qildi va 3-raundga kelib, raqibini nokautga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, Murodov UFCdagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikioni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan edi.
Jang yakunida boshlovchi Murodovdan oktagonning o‘zida qisqa intervyu olishga ulgurdi.

- Mahmud tabriklayman! Fikrlaringiz...
- Salom Vashington... Birinchi navbatda murabbiyimga rahmat aytaman. Biz tayyorlandik, harakat qildik va erishdik.

So‘ngra, boshlovchi Murodovga videoni ko‘rsatdi va hamyurtimizga bunga javoban, ajoyib video bo‘lipti deb kulib qo‘ydi.

- Bu tasodif bo‘ldimi?
- Yo‘q, biz bunday zarbalarga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Men shu vaqtni kutdim, zarba berdim va "BUM".
Men jangga 3 hafta yoki 4 hafta tayyorlandim. Jang orasi yaqin bo‘ldi. Menga 3 oy muhlat bering va men tayyor bo‘lib, o‘zbek o‘g‘loni qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman.

Trevor qaqshatqich zarbadan keyin anchagacha o‘ziga kelmadi. Quyida, u qanday ahvolga tushib qolganini tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov super nokaut evaziga g‘alaba qozondi (foto, video)