10:23 / 09.12.2019
4 951

Mahmud Murodov kechagi dahshatli nokauti uchun qancha mukofot puli oldi?

Mahmud Murodov kechagi dahshatli nokauti uchun qancha mukofot puli oldi?
Foto: Twitter
Saytimizda xabar berganimizdek, -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqqan Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) Vashingtonda bo‘lib o‘tgan UFCdagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitni (15-9, 10 KO) dahshatli nokautga uchratgan edi.

Uch raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundida Mahmudning kuchli zarbasidan raqibi nokautga uchradi va o‘zbekistonlik sportchi muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu UFC ESPN 7 musobaqasining eng yaxshi qatnashchilari aniqlandi. Unga ko‘ra, Mahmud Murodovga kechadagi eng yaxshi ishtirok uchun gonorardan tashqari qo‘shimcha mukofot pullari ham berilgan, ya’ni hamyurtimiz yana 50 ming dollar mukofot puliga ega bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mahmud Murodov kechagi dahshatli nokauti uchun qancha mukofot puli oldi?